Foydalanish shartlari
Oxirgi yangilanish: 2026-yil 21-may
1. Qabul qilish
RAOS platformasidan foydalanish orqali siz ushbu shartlarni to'liq qabul qilasiz. Agar shartlarga rozi bo'lmasangiz, platformadan foydalanmang.
Platforma operatori: Tezcode(Toshkent, O'zbekiston).
2. Xizmat tavsifi
RAOS — savdo nuqtalari (POS) uchun bulutli boshqaruv tizimi. Xizmat quyidagilarni o'z ichiga oladi:
- Savdo va kassa boshqaruvi (offline ishlash imkoniyati bilan)
- Sklad va inventar kuzatuvi
- Soliq.uz (OFD) integratsiyasi
- AI hisobot va tahlil (Night Cashier)
- Telegram bot orqali bildirishnomalar
- Ko'p filial va foydalanuvchi boshqaruvi
3. Hisob va ro'yxatdan o'tish
- Ro'yxatdan o'tish uchun haqiqiy ma'lumot kiritish majburiy
- Bitta korxona uchun bitta hisob ochiladi
- Hisob ma'lumotlarini (parol) boshqalarga bermaslik kerak
- Hisobdagi barcha faoliyat uchun foydalanuvchi o'zi javobgar
4. Sinov davri va to'lov
30 kunlik bepul sinov:Ro'yxatdan o'tgandan so'ng barcha funksiyalar 30 kun bepul taqdim etiladi. Karta yoki to'lov ma'lumoti talab qilinmaydi.
Tarif rejalari (oylik/yillik):
- Starter — 249 000 so'm/oy: 1 filial, 3 kassir
- Growth — 399 000 so'm/oy: 3 filial, 10 kassir
- Pro — 799 000 so'm/oy: cheksiz filial va kassir
Yillik to'lovda 2 oy bepul beriladi. Narxlar oldindan xabardor qilib o'zgartirilishi mumkin.
5. To'lovni qaytarish
Xizmat sifatida muammo yuzaga kelsa, 7 ish kuni ichida murojaat qiling. Asossiz bekor qilishda to'lov qaytarilmaydi. Bepul sinov davrida bekor qilish uchun hech qanday jarima yo'q.
6. Foydalanish qoidalari
Quyidagilar taqiqlanadi:
- Platformani noto'g'ri yoki noqonuniy maqsadlarda ishlatish
- Boshqa foydalanuvchilarning ma'lumotlariga ruxsatsiz kirish
- Tizimga zarar yetkazishga urinish (DDoS, hack)
- Litsenziya shartlarini buzgan holda xizmatni qayta sotish
- Fishing yoki firibgarlik operatsiyalari uchun foydalanish
7. Intellektual mulk
RAOS platformasining barcha kodlari, dizaynlari, logotipi va kontenti Tezcode kompaniyasiga tegishli. Foydalanuvchi faqat xizmatdan foydalanish huquqiga ega — ko'chirish, tarqatish yoki o'zgartirish taqiqlanadi.
8. Ma'lumotlaringizga egalik
Platforma orqali kiritgan barcha biznes ma'lumotlaringiz (tovarlar, sotuvlar, mijozlar) sizga tegishli. Hisob yopilganda so'rov asosida ma'lumotlaringizni CSV/Excel formatida olishingiz mumkin.
9. Xizmat uzilishi
Texnik ishlar, yangilanishlar yoki favqulodda holatlarda xizmat vaqtincha to'xtatilishi mumkin. Rejalashtirilgan texnik ishlar haqida Telegram orqali oldindan xabar beriladi. Tezcode uzilish tufayli yetkazilgan zararlar uchun javobgar emas.
10. Shartnomani tugatish
Foydalanuvchi istalgan vaqtda hisobni yopishi mumkin. Tezcode quyidagi hollarda hisobni yopishi mumkin:
- Ushbu shartlar buzilganda
- 6 oy va undan ortiq to'lov qilinmaganda
- Noqonuniy faoliyat aniqlanganda
11. Murojaat va nizolar
Savollar va shikoyatlar uchun: info@raos.uz yoki Telegram: @raos_support
Nizolar birinchi navbatda muzokaralar orqali hal qilinadi. Kelishuv bo'lmasa — O'zbekiston qonunchiligiga muvofiq sud tartibida.